TOShKENT, 3 dek – Sputnik. Qatar Neft eksportchilari tashkilotidan chiqishini e’lon qildi. Bu haqida RIA Novosti Qatarning energetika vaziri Saad ben Shrida al-Kaabiga asosan xabar qilmoqda.
“Qatar OPEKdan 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab chiqadi. Biz dushanba kuni bu haqida tashkilotni ogohlantiramiz”, - deyilgan xabarda.
Vazir aytishiga qaraganda Qatar asosiy e’tiborni - tabiiy gaz qazib olish va suyultirilgan gaz ishlab chiqarishga qaratmoqchi.
Qatar suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmini yiliga 77 mln tonnadan 110 mln tonaga yetkazishni rejalashtirigan. Oldin ushbu mamlakat 2024-yilga qadar yana to‘rtta suyultirilgan gaz ishlab chiqarish liniyalari ochishi mumkinligini e’lon qilgan edi.
Elatib o‘tamiz, Qatar 57-yil oldin OPEKka a’zo bo‘lgan edi. Tashkilot miqyosida Qatar neft qazib olish hajmi 1,85 %ni tashkil qildi. Bugungi kunda Qatar eng yirik suyultirilgan gaz eksport qiluvchi mamlakatdir.
6-7 dekabr kunlari Avstriya poytaxti Venada OPEK+ mamlakatlari vazirlarining neft qazib olish hajmini kamaytirishga qaratilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak.
OPEK - Neft eksportchilari tashkilotiga bugun quyidagi mamlakatlar kiradi: Aljir, Angola, Venesuela, Gabon, Eron, Iroq, Kongo, Quvayt, Qatar, Liviya, BAA, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Ekvatorial Gvineya va Ekvador. OPEK dunyo bozoriga yetkazib berilayotgan neftning 3/2 qismini nazorat qiladi. Rossiya ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.