Ukraina O‘zbekiston yengil avtomobillariga nisbatan surishtiruvini to‘xtatdi

Ukrainadagi O‘zbekiston elchixonasi va Tashqi savdo vazirligi barcha tushuntirishlarni taqdim etdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. Xalqaro savdo bo‘yicha idoralararo komissiya O‘zbekiston yengil avtomobillarini Ukrainaga import qilinishiga doir surishtiruvni to‘xtatdi, deb xabar qildi Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi.

Ukraina O‘zbekiston shakar importini to‘xtatganidan shikoyat qildi

Vazirlik ma’lum qilishicha, surishtiruv jarayonida Ukrainadagi O‘zbekiston elchixonasi rasmiy tushuntirishlarni taqdim etdi.

Xususan, O‘zbekiston prezidentining 2008-yil 21-avgustdagi “Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonani tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan 2017-yil oxirigacha O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilariga imtiyozlar berilgandi, ular 2018-yildan boshlab amal qilmayapti.

O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi komissiyaga Ukrainaga asosiy eksport ulushini A-sinfdagi yengil avtomashinalarga to‘g‘ri kelishi va ular Ukrainada ishlab chiqarilmasligini ma’lum qildi.

“Komissiya kompensatsion choralarni qo‘llash zarur emasligi, shuningdek, Ukrainaga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan import yengil avtomobillariga nisbatan surishtiruvini chora ko‘rmasdan to‘xtatishga qaror qildi”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Davlat fiskal xizmati va Davlat statistika idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda Ukrainaga 13 940 dona yangi avtomobil olib kirilgan, ulardan 2823 donasi O‘zbekistondan.

Ukrainaga 2018-yil yanvar-avgust oylari davomida 7808 avtomobil import qilingan, ulardan atigi 702 tasi O‘zbekistondan bo‘lgan. 2017-yil bilan solishtirilganda 2018-yilda umumiy importda O‘zbekiston importi 20,3% dan 9 %ga qisqardi. 2018-yil so‘ngi oylarida deyarli yo‘q.  

Ukraina jurnalist Oxunjonovni O‘zbekistonga topshirishni rad etib, unga siyosiy boshpana berdi

Surishtiruv oktabr oyi boshida “Ukravtoprom” uyushmasi shikoyati asosida boshlangan.

Unda O‘zbekiston ishlab chiqaruvchisi O‘zbekiston davlat organlaridan subsidiya olgan bo‘lishi va alohida imtiyozlardan foydalangan bo‘lishi mumkinligi bayon qilingan.

Shu bilan birga, O‘zbekistondan Ukrainaga import qilingan avtomobil miqdori va shartlari tufayli milliy avtomobil ishlab chiqaruvchilariga katta zarar yetkazilganligi aytilgan.

Uyushmaning ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-2017 yillarda O‘zbekistondan yengil avtomashinalar import hajmi sezilarli ortgan.

Komissiyada import qilingan avtomobillar narxi “Ukravtoprom” korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar narxlaridan past bo‘ldi.