Farg‘ona avtobuslarida yangi to‘lov tizimi joriy etildi

Shunga o‘xshash to‘lov tizimi allaqachon Samarqand avtobuslarida amalga oshirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 3 dek - Sputnik. Farg‘ona jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etildi. Ushbu tizim tufayli yo‘lovchilar TezCard kartalari yordamida to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Yo‘lovchilar kartani avtobusdagi maxsus terminalga tekkizishsa kifoya.

Jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi ishlab chiqildi

Shunga o‘xshash to‘lov tizimi allaqachon Samarqand avtobuslarida joriy yilning may oyidan ishlamoqda. Mazkur to‘lov tizimi yo‘lovchilarga qator qulayliklar tug‘dirdi: hisob-kitob vaqti qisqardi, to‘lov operatsiyalari yanada shaffof bo‘ldi.

Shuningdek, yangi tizim transportning yuklanish statistikasi va tahlili uchun ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi.