Butunrossiya tanlovida o‘zbekistonlik fotosuratchi sovrindor bo‘ldi

Sport jurnalistikasiga bag‘ishlangan Butunrossiya festival-tanlovida o‘zbekistonlik suratchi sovrindor bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 2 dek - Sputnik. Moskva shahrida sport jurnalistikasiga bag‘ishlangan «Energiya pobed» VIII Butunrossiya festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik Anvar Ilyasov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘zbekistonlik fotojurnalist Anvar Ilyasov tanlovning"Rus tilida faoliyat olib boradigan xorijiy OAVdagi eng yaxshi fotoreportaj" yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 

Tanlovning 1 o‘rini "Spacesuit Media" fotoagentligi vakili  Sergey Savrasovga, ikkinchi o‘rin "Frans-Press" axborot agentligi xodimi Kirill Kudravsevga berilgan.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA ustidan g‘alaba qozondi

Ushbu tanlov Rossiya Milliy olimpiya qo‘mitasi, Rossiya sport jurnalistlari federatsiyasi va «Gazprom» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. 

Ma’lumot uchun, Anvar Ilyasov 40-yildan buyon fotojurnalistika sohasida faoliyat olib boradi. 2000-yildan boshlab u 5 ta Olimpiada, 5 ta Osiyo o‘yinlarida fotosuratchi sifatida ishlagan. Shuningdek, dzudo, sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatlari, futbol uchrashuvlarida sportchilarimizning turli holatlari, quvonchli onlari aks etgan suratlarni tarixga muxrlagan.

Anvar Ilyasov ushbu tanlov uchun jo‘natilgan suratlardan ba’zilarini quyida tomosha qilishingiz mumkin.