"Daf bo‘l!": Argentinada antiglobalchilar katta "yigirmatalik"ni quvishga da’vat qilishdi

Mamlakatimizda Tramp va boshqa imperialistik davlat rahbarlari, transmilliy kompaniyalar, XVF, Butunjahon banki bo‘lib turishiga qarshi qattiq norozilik e’lon qilamiz va "Yigirmatalik - daf bo‘l!", deymiz", - deb yakunlagan o‘z chiqishini Kortinyas.
Sputnik

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Buenos-Ayresdagi antiglobalchilar mitingi ishtirokchilari Xalqaro valyuta fondi krediti bo‘yicha qarzlarni to‘lamaslikka va mamlakatdan "yigirmatalik"ni quvish chiqarishga da’vat qildilar.

XVF vakili O‘zbekiston iqtisodini dollarga tobelikdan qanday saqlash mumkinligini aytdi

"Buenos-Ayres "yigirmatalik" - kapitalistik derjavalar xususiy xususiy klubiga kiruvchi mamlakatlar uchrashuv o‘tkazadigan joyga aylandi", — degan mitingda chiqish qilgan faol Nora Morales de Kortinyas. "Yigirmatalik"ning Xalqaro valyuta fondi bilan bitim imzolash siyosatiga prezident (Argentina Maurisio) Makri murosachilik qilayotganini qoralaymiz. Chunki bu a’zolik mamlakat uchun umuman to‘lab bo‘lmaydigan noqonuniy qarzni to‘lashni yuklaydi", - deb aytgan ayol.

Kortinyasning so‘zlariga ko‘ra, "bu iqtisodda doimiy cheklovlar siyosati"ga, natijada esa maosh va pensiyalar pasayishi va ularni indeksatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar to‘xtashiga olib keladi.

"Mamlakatimizda Tramp va boshqa imperialistik davlat rahbarlari, transmilliy kompaniyalar, XVF, Butunjahon banki bo‘lib turishiga qarshi qattiq norozilik e’lon qilamiz va "Yigirmatalik - daf bo‘l!", deymiz", - deb yakunlagan o‘z chiqishini Kortinyas. Ayolning bu so‘zlari miting ishtirokchilari tomonidan ijobiy hayqiriqlar bilan qarshi olingan.

Antiglobalchilar mitingida Kortinyas yagona notiq bo‘ldi. Marsh jiddiy hodisalarsiz o‘tdi. Ushbu marsh tashkiloti bilan yuzdan ziyod kasaba va siyosiy uyushmalar shug‘ullanishgan.

Marsh vaqtida xavfsizlikni ta’minlash uchun mahalliy hukumat 2 mingdan ziyod kuch tuzilmalari xodimlarini jalb qilgan va ular marsh o‘tadigan hududga tutash ko‘chalarni yopish bilan shug‘ullanganlar.