O‘zbekistonda armiya tayyorgarligi tekshirilmoqda – eng sara foto suratlar

Sputnik

Signaldan so‘ng Mudofaa vazirligi markaziy apparati, barcha harbiy okrug va bo‘linmalarda zarur tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Harbiy poligonlarda bir nechta maxsus-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Chirchiq dala o‘quv maydonida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda havo-desantchilari, artilleriyachilar, motoo‘qchilar, tankchilar, maxsus operatsiya kuchlari hamda Harbiy havo kuchlari bo‘linmalari qatnashdi.

Shartli dushman bazalariga va u joylashgan hududlarga harbiy havo kuchlari tarkibidagi qiruvchi samolyotlar va vertolotlardan zarbalar berildi.

Shundan keyin jang maydonida zirhli qalqon tankchilar bo‘linmasi paydo bo‘ldi. Ular tank biatlonida qo‘llaniladigan “Suvli to‘siq”, “Eskarp” va “Tirsakli ko‘prik”dan moxirona o‘tib, belgilangan marrani egalladi.

Mudofaa operatsiyasini olib borish jarayonida, shartli og‘ir yaralangan harbiy xizmatchilarni jang maydonidan olib chiqish, vertolotda evakuatsiya qilish jarayoni namoyish etildi.

1 / 12
Shartli dushman bazalariga Mudofaa vazirligi harbiy havo kuchlari tarkibidagi qiruvchi samolyotlar zarbalar berdi.
2 / 12
Shu paytgacha O‘zbekiston armiyasida bunday keng ko‘lamli to‘satdan tekshiruv o‘tkazilmagandi.
3 / 12
Harbiy qismlarining jangovar tayyorgarligini kompleks tekshirish maqsadida 26-noyabr tongda “Trevoga!” signali berilgandi.
4 / 12
Mudofaa vazirligi qo‘shinlari sakkizta poligonga joylashtirildi.
5 / 12
Shartli dushman bazalariga qiruvchi samolyotlardan zarbalar berildi.
6 / 12
Mashg‘ulotlar 30-noyabrgacha davom etadi.
7 / 12
Qo‘shinlar o‘quv-jangovar vazifalarni bajarish punktlariga tashlandi.
8 / 12
Tekshiruvda xavfsizlik qoidalariga, harbiy texnika va qurollarning sozligiga qat’iy rioya qilindi.
9 / 12
Qo‘qqisdan tekshiruv davomida qo‘shinlar harakati ustidan nazorat va tahlilni maxsus tuzilgan Hukumatlararo ishchi komissiyasi olib bormoqda.
10 / 12
Jang maydonida zirhli qalqon tankchilar bo‘linmasi paydo bo‘ldi.
11 / 12
Shartli og‘ir yaralangan harbiy xizmatchilarni jang maydonidan olib chiqish, vertolotda evakuatsiya qilish jarayoni namoyish etildi.
12 / 12
Qo‘qqisdan tekshiruvning asosiy maqsadi — Mudofaa vazirligi qo‘shinlari va boshqaruv organlarida amalga oshirilganishlarni baholash hamda tahlil qilishdan iborat.