AQSh Rossiyaning Kerch bo‘g‘ozidagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi

Rezolyutsiyada Rossiya harakatlari qoralanishidan tashqari, ushbu harakatlar "mintaqada notinchlikni yuzaga keltirayotgani" va "vaziyatni yanada o‘tkir tus oldirayotgani" haqida aytilgan. Senat dunyo hamjamiyatidan Rossiyaning ushbu harakatlariga qarshi chiqish qilishga da’vat qilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. AQSh senati Rossiyaning Kerch bo‘g‘ozidagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Kerch bo‘g‘ozida Rossiya chegarasini buzganligi uchun uchta ukraina kemalari qo‘lga olingan edi, deb yozadi Hill nashriga tayangan holda RIA Novosti.

Yakshanba kuni Ukraina HDKga qarashli "Berdansk", "Nikopol" va "Yani Kapu" kemalari — Rossiya chegarasini buzib, RFga qarashli xududiy suvlarga kirgan va Qora dengizdan Kerch bo‘g‘oziga qarab harakatlangan. Ular xavfli manyovrlarni amalga oshirgan, Rossiya hukumatining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan va natijada qo‘lga olingan.

Nashr xabariga ko‘ra, rezolyutsiya ovoz berish yo‘li bilan emas, bir ovozdan qabul qilingan. Ushbu hujjat AQSh ijro hokimiyati uchun majburiy xarakterga ega emas.

"Bugun senat (Rossiya prezidenti) Vladimir Putinga Azov dengizida Ukrainaga nisbatan uning hukumati agressiyasiga toqat qilmasligini anglatuvchi aniq signalni yo‘lladi. Biz Rossiyaning biroqlama tartibda xalqaro qoidalarni qayta yozishga qaratilgan har qanday harbiy harakatlarini qat’iy qoralaymiz", - deb bayonot qilgan senator Kris Merfi.

Putin Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa bo‘yicha izoh berdi

Senatorlardan yana biri - Ron Jonson rezolyutsiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni ifodalashini bildirgan. U shuningdek, rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilingani haqidagi faktni ma’qullashini bildirgan.

Rezolyutsiyada Rossiya harakatlari qoralanishidan tashqari, ushbu harakatlar "mintaqada notinchlikni yuzaga keltirayotgani" va "vaziyatni yanada o‘tkir tus oldirayotgani" haqida aytilgan. Senat dunyo hamjamiyatidan Rossiyaning ushbu harakatlariga qarshi chiqish qilishga da’vat qilmoqda.

Ilgariroq Oq uy Rossiya tomonini ushbu hodisaga ishora qilgan holda AQSh prezidenti Donald Trampning Putin bilan Argentinada mo‘ljallangan uchrashuvini bekor qilgani haqida xabardor qilgan edi. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov o‘z navbatida Kreml AQSh ma’muriyatining ushbu qaroridan taassufda ekanligini ma’lum qilgandi. Peskov "kun tartibida turgan jiddiy xalqaro va ikkiyoqlama masalalar noma’lum muddatga qoldirilayotgani", ammo Putin "amerikalik hamkasbi bilan aloqa o‘rnatishga tayyorligini" qo‘shimcha qilgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sal oldin "Rossiya zovot” investitsion forumi chog‘ida Ukraina harbiy-dengiz kuchlari kemalarining Rossiya chegarasini buzib kirishi hodisasi bo‘yicha izoh bergan va Kerchdagi hodisani Kiyev tomonidan siyosiy dushmanlarga bosim o‘tkazish rejasida boshlangan nopok o‘yin ekanligini aytib, unda oldindan tayyorlangan provokatsiya alomatlari mavjudligini ta’kidlagan edi.

FXX Rossiya chegarasini buzgan Ukraina harbiy kemalarini namoyish qildi - video

Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu Ukrainada harbiy holat joriy qilish uchun bahona bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Putin Ukraina kema ekipajlari orasida ikki nafar Ukraina xavfsizlik xodimlarini bo‘lganini eslatib o‘tdi. Ular aslida operatsiyani boshqarishgan. Rossiya rahbari bu voqea Rossiya va Ukraina munosabatlarini barqarorlashtirish harakatlariga hech qanday aloqasi yo‘qligini qayd etgan.