O‘zbekiston chet ellik pensioner rahbarlarni ishga taklif qilmoqda

Moliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning 14 viloyatiga hokimlarga maslahatchilar zarur. Shuningdek, vazirliklar va ularning bo‘linmalariga ham.
Sputnik

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. O‘zbekiston Hukumati katta tajribaga ega chet ellik davlat xizmatchilarini ishga jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Toshkentda o‘tkazilgan "2019-2021 yillarga mo‘ljallangan tizimli islohotlar asosiy yo‘nalishlarining yo‘l xaritasi" taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirda ma’lum qildi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

O‘zbekistonda ilk bor “Yosh vatandoshlar” festivali bo‘lib o‘tadi

"Biz yetarli resurslarga egamiz, oltin-valyuta zaxiralarimiz bor, tashqi qarzimiz juda kichik. Islohotlar uchun, oldinga harakat qilish uchun yaxshi shart-sharoitlarga egamiz. Hamma shu haqda gapirmoqda. Lekin bizning kamchiligimiz - bugungi kunda bilim va tajribaga muhtojligimizda", - deb qayd etdi Moliya vaziri.

Qo‘chqorov, O‘zbekiston prezidenti yuritayotgan ochiq siyosat tufayli bugungi kunda chet eldagi vatandoshlar bilan yaxshi aloqalar yo‘lga qo‘yilganini qo‘shimcha qildi.

"Biz O‘zbekistonga juda ko‘plab xorijda ishlagan mutaxassislarni jalb qilmoqdamiz. Mana, Rossiyaning "Vneshekonombank"idan bir kishini ishga oldik. Bugun bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Vaqtdan foydalanib, bizga - sobiq davlat xizmatchilari singari maslahatchilar kerakligini ma’lum qilmoqchiman. Ularni bizga yuboring, kelib O‘zbekistonda ishlashsin. Uyda o‘tirib zerikishadi, mazasi bo‘lmaydi, rafiqasi bilan arazlashishi mumkin", - dedi tadbirda o‘tirgan chet davlatlar elchilariga murojaat qilib Qo‘chqorov.

Moliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning 14 viloyatiga hokimlarga maslahatchilar zarur. Shuningdek, vazirliklar va ularning bo‘linmalariga ham.