O‘zbekistonda kirish-chiqish vizalarga doir hukumat qarori tasdiqlandi

Endilikda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ko‘p martalik kirish-chiqish vizalarini 3-yilgacha muddatda rasmiylashtirish mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekiston bir oy ichida 5025ta elektron viza berdi

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ko‘p martalik kirish-chiqish vizalarini endilikda 3-yilgacha muddatda rasmiylashtirish mumkin.

Bunda viza uchun 300 AQSh dollari miqdorida to‘lov undiriladi. Ilgari ushbu vizalarni uzog‘i bilan bir yilgacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtirish mumkin bo‘lgan.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘zi borib o‘tkazganlik uchun davlat boji eng kam oylik ish haqining o‘n baravari etib belgilandi (ilgari bu uchun eng kam oylik ish haqining o‘ttiz ikki baravari miqdorida pul undirilgan).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 15-iyuldan boshlab e-visa.gov.uz sayti orqali elektron vizalar berishni boshlagan edi.