O‘zbekiston havo yo‘llari 50%lik chegirmalar e’lon qildi

O‘zbekiston havo yo‘llari 2018-yil 30-dekabrdan yangi yilning 3-yanvarigacha barcha ichki reyslar uchun chegirmalar e’lon qildi
Sputnik

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK 2018-yil 30-dekabrdan 2019-yil 3-yanvarigacha Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha ichki reyslar uchun chegirmalar e’lon qildi.

Turizm qo‘mitasi “Havo yo‘llari”ni bir necha kompaniyaga bo‘lishni taklif qildi

Bayram chegirmalari: Individual (bir kishi) yo‘lovchilarga — 30%;

Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi tegishli o‘quv muassasalari tinglovchilari, sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab, kollejlar, litseylar o‘quvchilari va universitetlarning talabalari uchun — 40%;

Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri, rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) — 50%;

Pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga — 50%;

1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, Front ortidagi fidokorona mehnati uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun — 50%;

Chernobil AESi falokati oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etganlar — 50%.