Tojikistonda Rossiya fuqarosi ko‘p miqdorda qalbaki pullar bilan qo‘lga tushdi

Shaxsiy ko‘rik davomida Rossiya fuqarosi yonida har bir 500 yevro bo‘lgan 36 ta kupura borligi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 24 noya  — Sputnik. So‘g‘d viloyati ichki ishlar xodimlari Rossiya fuqarosini ko‘p miqdorda qalbaki pullar bilan qo‘lga olishdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston respublika IIV matbuot xizmati asoslangan holda.

O‘zbekistonda noqonuniy valyuta ayirboshlash uchun jarima miqdori oshirilishi mumkin

“Novosibirsk shahrida istiqomat qiluvchi, 39 yoshli Rossiya fuqarosi Vidanov Roman Vladimirovich Tojikistonga 18 ming qalbaki yevro olib kirdi. Vidanov So‘g‘d viloyati huquq tartibot xodimlari tomonidan G‘ofurov tumanidagi banklardan birida 5 ming yevro almashtirmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olindi”, - deyilgan xabarda.

Shaxsiy ko‘rik davomida Rossiya fuqarosida har biri 500 yevro bo‘lgan 36 ta kupura borligi aniqlandi.

Aniqlanishicha, Roman Vidanov ikki marta o‘g‘irlik uchun sudlangan hamda Rossiya hududida qalbaki pulllarni tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha transmilliy jinoiy guruh a’zosi hisoblanadi.

Qo‘lga olingan shaxs so‘roq vaqtida qalbaki yevrolarni Qirg‘izistonda olganligini va Tojikistonga Isfara orqali olib kirganligini tan oldi.

Gumonlanuvchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov ishi olib borilmoqda.