Tonirovka qilingan xorijiy davlat mashinalaridan yig‘im undirish tartibi tayyorlandi

Xorijiy davlatlarning oynalari qoraytirilgan avtomashinalarining O‘zbekiston hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun 15 dollar miqdorida yig‘im undiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. “Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yig‘imlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” idoralararo qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Tonirovka, telefondan foydalanish, kortej bo‘lib harakatlanish – haydovchilar jazolandi

Qaror loyihasida xorijiy davlatlarning oynalari qoraytirilgan yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun Davlat budjetiga tushadigan 15 dollar miqdorida yig‘im undirilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik kirgan yoki tranzit harakatlanishida bo‘lgan chet el rasmiy delegatsiyalarining oynalari tusi o‘zgartirilgan yengil avtotransport vositalariga tadbiq etilmaydi.

Shuningdek, xorijiy davlatlarning oynalari qoraytirilgan yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan yig‘imlarni undirish milliy valyuta “so‘m”da O‘zbekiston Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan naqd pul shaklida, bevosita bojxona postlarida amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l-patrul xizmati O‘zbekiston hududiga vaqtincha kirgan va tranzit harakatlanayotgan xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan majburiy yig‘imlar undirilganligini nazorat tartibida tekshirish uchun kvitansiya nusxasini ko‘rishi belgilangan. 

Tonirovka plenkasini yopishtirish - davlat korxonasi tomonidan amalga oshiriladi

Shuningdek, haydovchilari tomonidan majburiy yig‘imlar to‘lanmaganligi aniqlanganda, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.

Undirilgan yig‘im mablag‘larini tijorat banklari orqali O‘zbekiston Davlat budjetiga yo‘naltirilishi belgilangan.

Qaror loyihasiga majburiy yig‘imlarni undirish bo‘yicha sxemasi ham ilova qilingan.

Ushbu qaror loyihasi 7-dekabrgacha muhokama qilinadi.