Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Ikrom Narimov 2018-yilning yanvar oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Narimov Ikrom Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Tegishli buyruqni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 2018-yilning 19-noyabr kuni imzoladi, deb xabar qildi prokuratura matbuot xizmati.

Ikrom Narimov 1971-yilda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida  tug‘ilgan, ma’lumoti oliy-huquqshunos, 1993-yilda Toshkent davlat universitetini hamda 2013-yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.

U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Toshkent transport prokuraturasida boshlab, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tizimida turli lavozimlarda ishlab, Toshkent aviatsiya transport prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

2018 yilning yanvar oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.