O‘zbekiston Qozog‘istondan 3,2 tonna kumush sotib oldi

Qimmatbaho metallarning narxi 1,6 million dollarni tashkil qildi.
Sputnik

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. 2018-yilda O‘zbekiston Qozog‘istondan 3,2 tonna kumush sotib oldi, deb xabar qildi Qozog‘iston LS nashri.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ko‘paydi

Qimmatbaho metallarning narxi 1,6 million dollarni tashkil qildi.

Shu yil yanvar-sentabr davomida Qozog‘iston turli davlatlarga 2,4 tonna qiymati 339,5 million dollarlik kumush eksport qildi.

Qozog‘istondan eng ko‘p Buyuk Britaniyaga – 2,3 ming tonna qiymati 243,7 million dollarlik kumush yuborildi.

Noyabr oyida O‘zbekiston Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalarining umumiy zahiralari, qazib olingan (ishlab chiqarilgan), sotish hajmlari va mablag‘larning taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasman chop etish bo‘yicha cheklovlar olib tashlash nazarda tutilgan qaror loyihani taklif qilgandi. Qarorning maqsadi - investorlar uchun mamlakat iqtisodiy salohiyati va investitsion jozibadorligini to‘laqonli namoyish etish. 

Shuningdek, 2018-yilda O‘zbekiston qimmatbaho metallarni xorijiy fuqarolarga sotishni boshlagandi.