Shavkat Mirziyoyev AQSh Kongressi delegatsiyasini qabul qildi

Sputnik

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi AQSh Kongressi delegatsiyasini qabul qildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

AQSh Kongressi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish hamda bu boradagi qo‘shma loyihalarni, avvalo, hududlararo darajada qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Kongressmenlar davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan hamda barcha soha va yo‘nalishlarni qamrab olgan islohot va yangilanishlarga yuksak baho berishdi.

Shavkat Mirziyoyev AQSh Vakillar palatasi a’zolari Visente Gonsales, Ronald Estes, Rojer Marshall va Jennifer Gonsales Kolon ham bo‘lgan delegatsiyani samimiy qutlar ekan, kongressmenlarni AQSh parlamentiga oraliq saylov muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.

Rasmiy xabarda, shuningdek, 2018-yil boshidan buyon O‘zbekiston va AQSh orasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar ortgani va O‘zbekistonda AQSh kapitali ishtirokida 25 dan ziyod yangi korxonalar tashkil etilgani aytib o‘tilgan.