Rossiyaning qaysi hududlari 2019-yilda ko‘proq RVP kvota olishi ma’lum bo‘ldi

Rossiya hududlari orasida Markaziy federal okrug yetakchi bo‘ldi. Ushbu hudud uchun 24,15 mingta Rossiyada vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi ruxsatnoma (RVP) ajratiladi.
Sputnik

TOShKENT, 20 noya – Sputnik. 2019 yilda Markaziy federal okrugi eng ko‘p Rossiyada vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi ruxsatnomaga (RVP) ega bo‘ladi, deb xabar qildi Rossiya hukumati matbuot xizmati.

Migratsiya agentligi tomonidan yuborilgan 53 fuqaro Rossiyada ishsiz qoldi - OAV

Rossiyada kelasi yil jami 83,48 mingta ruxsatnoma (RVP) beriladi. Bu raqam 2018-yilga qaraganda 6,8 mingtaga kamroq.

Kvota miqdori Rossiya subyektining ijro etuvchi hokimiyat organining taklifi asosida belgilanadi. Shuningdek, Rossiyaning har bir hududidagi iqtisodiy vaziyat va migratsiya holati inobatga olinadi.

Markaziy federal okrugida eng ko‘p kvota Moskva viloyatiga – jami 4 ming va Belgorod viloyatiga – 2,5 mingta ajratilgan.