Qozonda ham O‘zbekiston konsulxonasi ochiladi

2019 yilning boshida Rossiyaning Qozon shahrida ham O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochiladi.
Sputnik

TOShKENT, 19 noya – Sputnik. 2019-yilning boshida Qozon shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ish boshlaydi deb xabar qildi O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev mahalliy OAVlarga.

Yekaterinburgda O‘zbekiston yangi konsulxonasi ochildi

Fariddin Nasriyev oktabr oyining oxirida Qozon shahrida O‘zbekiston bosh konsuli etib tayinlangan edi.

O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi Tatariston, Boshqirdiston, Mariy El, Mordoviya, Udmurtiya, Chuvash respublikalari, Kirov, Nijegorod, Orenburg, Penza, Samara, Saratov va Ulyanov viloyatlariga xizmat ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz bir necha kun oldin Sankt-Peterburgda va Yekaterinburgda O‘zbekiston konsulxonalarining rasmiy ochilish marosimlari bo‘lib o‘tgan edi.