Markaziy Osiyo prezidentlari nima uchun Toshkentga kelishadi

Shavkat Mirziyoyev va Nursultan Nazarbayev 2019-yilda rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlari uchrashuvini muhokama qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 noya - Sputnik.  Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari  2019-yilda navbatdagi maslahatlashuvlar uchun Toshkentda yig‘ilishadi. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ekspert: Ostona sammiti Markaziy Osiyoning birlashishi yo‘lida muhim qadam bo‘ladi

Ushbu masalani Shavkat Mirziyoyev va Nursultan Nazarbayev telefon orqali muhokama qilishdi. Tomonlar kelasi yil Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi ish uchrashuvini tashkil qilish haqidagi kelishuvini yana bir bor tasdiqlashdi.

Suhbat davomida Mirziyoyev va Nazarbayev mintaqa davlatlari tashqi ishlar darajasida ushbu tadbirni tayyorlash masalalarini muvofiqlashtirish muhimligini ta’kidlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahatlashuvi 2018-yilning mart oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan edi.