Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza tuzish muddati qisqartirildi

Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza hamda ushbu ekspertiza natijasida dalolatnoma tuzish muddati qisqartirildi.
Sputnik

TOShKENT, 17 noya  — Sputnik. Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdor normalari o‘zgardi

Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasiga eksport qilinayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarga kelib chiqish to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar alohida belgilandi.

Shuningdek, tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza hamda ushbu ekspertiza natijasida dalolatnoma tuzish muddati qisqartirildi.