Qozog‘iston o‘z tabiiy gazini O‘zbekiston hududi orqali eksport qiladi

Forum davomida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida soni 16 ta ikki tomon hujjatlar imzolandi.
Sputnik

TOShKENT, 17 noya  — Sputnik. Qozog‘iston tabiiy gazi O‘zbekiston orqali boshqa xorijiy mamlakatlarga eksport qilinadi. Bu haqda “KazTransGaz” AJ va “O‘ztransgaz” AJ o‘rtasida tegishli kelishuv imzolandi.

Qozog‘iston uchun O‘zbekistonga benzin eksportini boshlashi juda muhim - Bozumbayev

Shu yil 15-noyabr kuni Chimkent shahrida Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Askar Mamin va O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov raisligida Qozog‘iston-O‘zbekiston birinchi mintaqalararo hamkorlik forumi o‘tkazildi.

Shu bilan birga “KTZ Express” AJ va “O‘zavtotranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat ham imzolandi.

Forum davomida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomon imzolagan hujjatlar soni 16 tani tashkil etdi.

Forumda shu yil 9 oyi davomida ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanuvi 2 milliard dollardan oshganligi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 40 foizga ko‘p bo‘lganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.