Achchiq muhabbat: insonlar nima sababdan qahvani xush ko‘rishadi – olimlar tadqiqoti

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gen mutatsiyalari sabab bo‘lishi mumkin, kim bunga moyil bo‘lsa, ichimlikning achchiq ta’mini ko‘proq sezishadi.
Sputnik

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Scientific Reports jurnali ko‘p insonlarning taxir qora qahvaga bo‘lgan ishtiyoqini tushuntirib beruvchi tadqiqot natijalarini e’lon qildi.

Choyning yana bir foydali xususiyati aniqlandi

Olimlar fikriga ko‘ra, bu genlarga bog‘liq. Ba’zi mutatsiyalar insonni taxir ta’mini yanada yaxshiroq sezishga majburlaydi.

Asta-sekinlik bilan inson bu ta’mga o‘rganadi va uni zararli emas, aksincha foydali deb hisoblay boshlaydi.

Avvalroq biologlar qahva aritmiya xastaligiga chalingan insonlar yurak ishiga salbiy ta’sir qilishini ma’lum qilishgandi, ammo keyingi kuzatishlar ushbu taxminni tasdiqlamadi.

Ichimlikning foydali xususiyatlari olimlar o‘rtasida hozirgacha bahs va munozara mavzusi bo‘lib qolmoqda. Bir qancha tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, kuniga uch yoki undan ziyodchashka qahvasini ichish infarkt rivojlanish xavfini pasaytirishi mumkin. Boshqa ilmiy guruhlar bu bog‘liqni tasdiqlashga tayyor emaslar.