TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi e’lon qilgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdo balansi sezilarli darajada salbiy tomonga o‘zgargan – ya’ni eksportga qaraganda import hajmi oshgan, deb xabar qilmoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
2018 yilning 10 oyi yakuni hisobida O‘zbekiston tashqi savdo oboroti o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 15,9 % ga o‘sib, 25,7 mlrd. $ni tashkil qildi. Shundan eksport - 10,2 mlrd. $, (4,1%ga kamaygan), import esa – 15,5 mlrd. $ (34,4 %ga oshgan) tashkil qilgan. Natijada tashqi savda balansi minus 5,2 mlrd. $ ni tashkil qilgan.
O‘zbekiston eksportining asosini neft va neft mahsulotlari - 75,4% tashkil qildi. Import asosini esa– aspob-uskunalar - 41,1 %, kimyo sanoati mahsulotlari - 13,3 %, oziq-ovqat mahsulotlari - 8,4 % va qurilish materiallari – 5% ni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha oy oldin Jahon banki va YeTTB O‘zbekistonda iqtisodiyo o‘sish sekinlashuvi hamda savdo balansi defetsiti sodir bo‘lishini prognoz qilishgan edi.