Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi

Prezident mahalliy aholi bilan muloqot qilib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan tanishib chiqadi.
Sputnik

TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni Nukus shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Qoraqalpog‘istonda 12-asr yodgorligi yo‘q qilindi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalq ichiga kirib, odamlar hayotini bevosita ko‘zdan kechirish, ular bilan muloqot qilib, talab va istaklarini eshitish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan joyida tanishib, dolzarb masalalarni hal qilish, istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarni belgilab berish uchun mamlakat bo‘ylab tez-tez safar qilib turadi.

Ehtimol, prezident Shavkat Mirziyoyevning safari davomida Qoraqalpog‘istonning madaniy va tarixiy yodgorliklarini saqlab qolish masalasiga to‘xtalib o‘tiladi, chunki yaqinda hududda 12-asrda barpo etilgan Shamunabi maqbarasi buzib tashlangandi.

Ushbu hodisa respublika aholisining ko‘pchiligi, shu jumladan, tarixchi va arxeologlarning noroziligiga sabab bo‘lgandi