TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Toshkent viloyatining Chirchiq shahri va Olmaota (Qozog‘iston) shahri o‘rtasida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi matbuot xizmati.
“Mazkur yo‘nalish masofasi 818,0 km. bo‘lib qatnovga 16 soatu 30 daqiqa vaqt sarflanadi. Yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Chirchiqdan Ushkunur avtostansiyasigacha – 150 ming so‘m. Ushkunurdan Chirchiqgacha esa – 6 ming tenge qilib belgilandi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi yil davomida O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlar orasida o‘ndan ortiq xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Ular orasida Toshkent-Xo‘jand, Toshkent - Olma-Ota, Toshkent - Chimkent, Samarqand - Panjakent, Andijon - O‘sh, Toshkent - Nijniy Novgorod, Termiz - Dushanbe, Farg‘ona - Xo‘jand, Toshkent - Bishkek, Farg‘ona - O‘sh, Toshkent - Issiq ko‘l va boshqalar bor.