AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari O‘zbekistonga ta’sir qiladimi – ekspert fikri

Rossiya qarshi sanksiyalari qisqa muddat ichida salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq Rossiyadan amerikalik investorlar ketishini tezlashtiradi va Moskva ittifoqchilariga ham tegib o‘tadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekistonga QBF kompaniyasi tahlilchisi Denis Ikonnikov ma’lum qildi.
Sputnik

“Federal qarz obligatsiyalar va banklarga qarshi sanksiyalar kiritilishi kutilmoqda. Biroq banklar haqida so‘nggi muhokamalarda hech narsa aytilmadi”, - dedi ekspert.

Putin AQSh nima uchun Rossiyaga sanksiya kiritayotgani sababini aytdi

Federal kredit obligatsiyalari – bu Rossiya qarz qog‘ozlari bo‘lib, ular Moliya vazirligi tomonidan chiqariladi. Sanksiyalar kiritilishi ularni vahima bilan sotilishini va amerikalik investorlari chiqib ketishini keltirib chiqaradi.  

“Qisqa vaqt ichida – yarim yilgacha – bu iqtisodiyotimizga, shuningdek, biz faol savdo qilayotgan yaqin ittifoqdosh davlatlar, shu jumladan MDH davlatlar iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, - dedi Ikonnikov.

Yangi sanksiyalar kiritilishi masalasi bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilinmadi.

Hozirgi vaqtda AQSh prezidenti Tramp o‘zining ikkita va’dasi, ya’ni saylov oldi Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash zarurligi va AQSh saylovlariga aralashuvi uchun Moskvani “jazolash” bo‘yicha va’dasi o‘rtasida turibdi.

Ekspertning to‘liq fikrini Sputnik radiopodkastida tinglashingiz mumkin.

AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari O‘zbekistonga ta’sir qiladimi – ekspert fikri