Isroil mudofaa vaziri Liberman iste’foga chiqdi

Liberman anklavda hukmronlik qiluvchi XAMAS harakatiga “qattiq zarba” berish kerakligini ma’lum qilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman G‘azo sektoridagi vaziyat tufayli iste’foga chiqdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Isroil G‘azo sektoridagi 150 ta nishonlarga zarba berdi

Bir kun oldin u G‘azo sektorida jangovar harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida hukumatdagi hamkasblari qaroriga qarshi chiqqandi.

U anklavda hukmronlik qiluvchi XAMAS harakatiga “qattiq zarba”  berish kerakligini ma’lum qilgandi.

Liberman 2,5 yil davomida o‘z tamoyillari ichidan kurashib kelganligi, Qatar tomonidan G‘azo sektoriga yoqilg‘i va naqd pul yetkazib berilishi qarori bilan norozi bo‘lganligini ma’lum qildi.

XAMAS vakili Abu Zuxri so‘zlariga ko‘ra, Liberman iste’fosi bu mag‘lubiyatni tan olishni anglatadi.

“Isroil Falastin qarshiliga bardosh bera olmaydi. Bu G‘azoning siyosiy g‘alabasi bo‘ldi”  deya qo‘shimcha qildi.