TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Alohida topshiriqlar bo‘yicha elchi Ilhomjon Ne’matov TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni imzolagan.
Ne’matov 2016-yilning sentabr oyidan Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U 1999-yildan 2008-yilgacha Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2008-2010 yillarda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi, 2010-2013 yillarda esa O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida ishlagan.