Toshkentda qizlarni fohishalik uchun xorijga jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga tushdi

Toshkentda qizlarni jinsiy qullikka jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkentda “jinsiy qullik”ka jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Toshkent shahar IIBB internetda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi

Xabarda aytilishicha, poytaxt ichki ishlar organlariga “Guli” ismli ayol xorijga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun ayollarni jo‘natish ishlari bilan shug‘ullanishi haqida xabar kelib tushadi.

Huquq tartibot organ xodimlari 7-noyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida xalqaro aeroport hududida odam savdosi jinoyatini sodir etishda gumonlangan Andijon viloyatida yashovchi, 26 yoshli Gulchiroy S. qo‘lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi odam savdosi bo‘yicha jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov ishi olib borilmoqda.