Toshkent viloyatida maktab o‘quvchilari talonchilik qilishdi

Kuni kecha Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tuman IIBga 2 noma’lum shaxs, G‘azalkent shahrida yashovchi maktab o‘quvchisi qo‘lidan “MI-A2-Lite” rusumli telefonni tortib olgani haqida ariza kelib tushgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tuman IIBga maktab o‘quvchisiga nisbatan talonchilik sodir etilgan haqida ariza kelib tushgandi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Toshkentda qizlarni fohishalik uchun xorijga jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga tushdi

Xabarda aytilishicha, 2 noma’lum shaxs, G‘azalkent shahrida yashovchi maktab o‘quvchisi A.D.ni qo‘lidan “MI-A2-Lite” rusumli mobil telefonini tortib olib, voqea joyidan g‘oyib bo‘lishgan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni G‘azalkent shahrida yashovchi, 1-sonli o‘rta maktabning 10-sinfida tahsil oluvchi o‘quvchilar T.A. va D.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.