Isroil kompaniyalari O‘zbekistonda yangi fermerlik korxonasini ochishdi

Isroilliklar o‘zbek dehqonlariga tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish va zamonaviy issiqxona qurishda yordam berishadi.
Sputnik

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. Toshkentda Gadot Agro va Metzer Isroil kompaniyalari qo‘shma fermerlik korxonasini tashkil qilishdi. Bu haqda UzDaily.uz. xabar qildi.

O‘zbekistonda dehqon bozorlari xususiy boshqaruvga o‘tishi mumkin

Isroilliklar qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilik yerlarini kengaytirib, yangi ish o‘rinlarini yaratgan holda meva-sabzavot turlarini yanada ko‘proq yetishtirishmoqchi.

“O‘zbekistonning geografik, iqlim, topografik va tuproq sharoitlarini o‘rganib chiqib, biz qishloq xo‘jaligi va yangi yerlarni o‘zlashtirishda yanada samaraliroq foydalanishda o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz. Tarkibida ko‘p tuz bo‘lgan tuproqda yetishtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan usullarni qo‘llash – qilishimiz mumkin bo‘lgan narsaning bitta misoli xolos”, - deydi Metzer kompaniyasi vakili.

Gadot Agro kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab xususiy issiqxonalar, eng murakkab sug‘orish tizimi, tadqiqot markazlari loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

Metzer tomchilatib sug‘orish tizimi asbob-uskunalarini yetkazib beradi.