Parijda Birinchi Jahon urushi yakunining 100-yilligi nishonlanmoqda

Bugun Parijda Birinchi Jahon urushi yakunlanganining 100-yilligi munosabati bilan 70 davlat rahbarlari jamlanishgan.
Sputnik

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Bugun Parijda 20 million Yevropa aholisining umriga zomin bo‘lgan Birinchi Jahon urushi yakunining 100-yilligi tantanali nishonlanmoqda. Ushbu maqsadda Fransiya poytaxtiga 70 davlat rahbarlari jamlanishgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu tantanali marosim bo‘lib o‘tayotgan Zafarlar ravoqi (Triumfalnaya arka) yonida Donald Tramp, Angela Merkel, va Melaniya Tramplar bilan ham so‘rashib o‘z joyiga -  Fransiya prezidenti rafiqasining yoniga o‘tirdi.

Marosimda O‘zbekiston vakili – Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev ham ishtirok etmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, Birinchi Jahon urushi 1914-yilning 28-iyulidan 1918-yilning 11-noyabriga qadar davom etgan. Ushbu urushda Rossiya, Fransiya va Britaniya bir taraf – Germaniya, Avstriya va Usmoniylar imperiyasi hamda Bolgariya boshqa tarafda jang qilishgan edi. Birinchi jahon urushida insoniyat ilk bor kimoviy qurol va tanklardan foydalangan.

Parijda Birinchi Jahon urushi yakunining 100-yilligi nishonlanmoqda