Kaliforniyadagi tungi barda otishma yuz berdi – 12 kishi halok bo‘ldi

Qotil kamida 30-marta o‘q uzgan. O‘lganlar orasida talabalar ham bor.
Sputnik

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Kaliforniyadagi barlardan birida otishma yuz bergan. Kamida 11 kishi halok bo‘lgan va ko‘pchilik jarohat olgan. Halok bo‘lganlar orasida politsiya xodimi ham bor.

AQSh prokuraturasi Sayfullo Soipov uchun o‘lim jazosini talab qilmoqda

Voqea 8-noyabrga o‘tar kechasi talabalar oqshomi o‘tayotgan Borderline Bar & Grill binosida yuz bergan. Bu haqda RIA Novosti sherif ofisi ma’lumotiga tayanib xabar qildi.

Noma’lum shaxs kamida 30-marta uzgan. Jabrlanuvchilar orasida sherif o‘rinbosari ham borligi aytilmoqda.

Ayni damda mahalliy OAV qotil o‘ldirilganini xabar qilmoqda.

Hodisa joyidagi birinchi videoni voqea guvohlari o‘zlarining Twitterdagi sahifalariga joylashtirishga ulgurishgan.