TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Hindiston 9-noyabr kuni Afg‘oniston bo‘yicha “Moskva formati” uchrashuvida norasmiy darajada ishtirok etadi. Bu haqda Hindinston TIV rasmiy vakili Ravish Kumar ma’lum qildi.
“Biz 9-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Moskvada Afg‘oniston bo‘yicha uchrashu o‘tkazishi haqida xabardormiz... Bu uchrashuvda ishtirokimiz norasmiy darajada bo‘ladi”, - dedi diplomat.
Shu bilan birga u Nyu-Deli “Afg‘onistonda tinchlikni o‘rnatishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, ular yakdillikni va plyuralizmni saqlab qolib, mamlakatda xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlaydi”.
Kumar so‘zlariga ko‘ra, bu harakatlarning boshida Afg‘oniston o‘zi bo‘lishi kerak, ular afg‘on hukumatisiz bo‘lishi mumkin emas.
Bundan avval Rossiya TIV maslahatlashuvlarga Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, shuningdek AQSh vakillari taklif qilinganligini ma’lum qildi. Ilk bor bu darajadagi xalqaro uchrashuvda tolibon harakati delegatsiyasi uchrashadi.
Qobul delegatsiyasiga Afg‘oniston tinchlik oliy kengashi raisi o‘rinbosari Xadjidin Muxammed rahbarlik qiladi.
Uchrashuv “Prezident-otel” mehmonxonasida tashqi ishlar vaziri va maxsus vakillari ishtirokida yopiq formatda o‘tkaziladi. Yakunlari bo‘yicha biron bir hujjat imzolash rejalashtirilmagan.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formati yig‘ilishida nutq so‘zlaydi.