Germaniyalik olimlar qarishni sekinlashtiradigan mahsulotlarni aniqlashdi

Inson organizmini qarishdan saqlovchi va tez qarishiga olib keluvchi mahsulotlar bilan tanishing.
Sputnik

TOShKENT, 4 noya - Sputnik. Germaniyaning Erlangan universiteti olimlari aniqlashiga ko‘ra, shokolad, choy va kofe tarkibiga kiruvchi gidroxinonlar inson organizmida yuz beradigan oksidlanish jarayonlarini sekinlashtirar ekan, RIA Novosti Phys.org xabariga asosan.

Yurak uchun eng foydali vitamin ma’lum qilindi

Nemis olimlari aniqlashiga ko‘ra, ushbu jarayon quyidagicha sodir bo‘lar ekan: inson hujayralari nafas olish jarayonida o‘z tarkibida bo‘lgan biomolekulalar - oqsil yoki lipidlarning oksidlanishiga olib kelar va buning oqibatida parchalash qiyin bo‘lgan superoksid molekulalari paydo bo‘lar ekan. 

Choy, kofe va shokolad tarkibida bo‘lgan gidroxinonlar esa, ushbu superoksid molekulasini parchalab, organizmdan chiqarib yuborishga xizmat qilar ekan. Ikkinchidan esa ushbu mahsulotlari tarkibida bo‘lgan gidroxinon va rux molekulalari bilashib organizmni oksidlardan himoyalovchi - superoksiddismutaz fermenti hosil bo‘lar ekan.

Shuningdek, inson organizmini tez qarishiga olib keladigan mahsulotlar esa ko‘pchillikka yaxshi ma’lum:

1. Shakar – V va C guruhi vitaminlarining o‘zlashtirishga  xalal beradi, immunitete tushishiga,  semizlikka, ateroskleroz va yurak - qon tomir xastaliklari  olib keladi. Afsuski, bugungi kunda shakar 90 % mahsulotlar tarkibida bor: nondan tortib ketchupgacha.

2. Transog‘lar – tarkibidan margarin bo‘lgan barcha mahsulotlar, yog‘da qovurilgan ovqatlar - tarkibida juda ko‘p oksidlanish oqibatida paydo bo‘lgan moddalar bo‘lib, ularni hazm qilish, va organizmdan chiqarib yuborish juda mushkul.   

3. Un-non mahsulotlari – tarkibidan bo‘lgan uglevodlar organizmda juda tez shakarga aylanishi mumkin. Agar inson kam harakatlanuvchi hayot tarzi kechirsa, ushbu shakar ateroskleroz va boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin.

4. Tez yetishtirilgan go‘sht - inkubator yoki fermalarda tarkibida o‘sish gormonlari va antibiotiklar ko‘p bo‘lgan parranda, baliq va boshqa hayvonlar go‘shtini iste’mol qilish.

5. Alkogol – inson organizmining umumiy holatini yomonlashtiradi, ba’zan alohida organlarning kuchli zaharlanishga olib kelishi mumkin.