Amerika razvedkachi-samolyoti Kaliningrad chegarasida ko‘rinish berdi

So‘nggi vaqtlarda Rossiya chegaralarida razvedka samolyotlari va uchuvchisiz uchish qurilamalari parvozlari soni sezilarli faollashdi
Sputnik

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. AQSh HHK strategik samolyoti RC-135V Kaliningrad viloyati yaqinida razvedkani amalga oshirdi. PlaneRadar aviatsiya resursidagi ma’lumotlar bu haqda ma’lum qilmoqda.

Amerika samolyotlari Rossiya chegarasi yaqinida razvedka olib bordi

Bort raqami 64-14846 bo‘lgan havo kemasi Buyuk Britaniyadagi Mildenxoll aviabazasidan uchgan. Parvoz vaqtida samolyot Polsha havo bo‘shlig‘ida bo‘lgan.

So‘nggi vaqtlarda Rossiya chegaralarida razvedkachi samolyotlar va uchuvchisiz uchish qurilamalari parvozlari soni sezilarli faollashdi.

Xususan, o‘tgan hafta boshida, RC-135V samolyoti Abxaziya, Krasnodar o‘lkasi va Qrim qirg‘oqlari yaqinidan uchib o‘tgan. Samolyot o‘z radiolokatsiya xususiyatlari tufayli Rossiya chegarasini buzmagan holda, ushbu regionda Havo mudofaasiga qarshi tizimlar joylashuvi haqida razvedka olib borish imkoniga ega.

26 oktabr kuni RQ-4B Global Hawk strategik uchuvchisiz uchish qurilmasi Rossiya chegaralari bo‘ylab 11 soatlik parvozni amalga oshirdi. U Italiyaning Sitsiliya shahrida joylashgan Sigonella aviabazasidan uchib, taxminan besh soatlar atrofida Litva osmonida turib Kaliningrad viloyati yaqinida razvedkani amalga oshirgan.

Shundan so‘ng, dron Estoniyaning Tartusidan tortib Fin qo‘ltig‘igacha bo‘lgan chiziqda Leninigrad va Pskov viloyatlari bo‘ylab bir necha uchishlarni amalga oshirgan, bazaga qaytishdan oldin esa yana Kaliningrad viloyati chegarasini nazorat qilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi bir necha marotaba Vashingtonni bu kabi operatsiyalarni to‘xtatishga chaqirgan, ammo Pentagon bu talablarga rad javobini bergan.