Afg‘onistonda bir sutkada 34 tolib yo‘q qilindi

Afg‘on kuch ishlatish xodimlari raqib tomonning to‘rtta mudofaa pozitsiyalari, qo‘lbola portlovchi qurilmalari va mina ishlab chiqarish bo‘yicha zavodini yo‘q qilgan. Afg‘oniston HHK shuningdek, jangarilar bo‘ylab sakkizta aviazarbalarni amalga oshirgan
Sputnik

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Afg‘onistonda shanba kuni "Tolibon" radikal harakatining kamida 34 nafar jangarilari yo‘q qilindi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi mamlakat mudofaa vazirligiga tayangan holda.

AQSh maxsus vakili "Tolibon" bilan Afg‘onistondan askarlarni chiqarish masalasini gaplashdi

"Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlari (ANDSF) sakkizta harbiy operatsiyalarni va tozalash operatsiyalarini o‘tkazdilar. Shuningdek ular Afg‘oniston bo‘ylab 99ta maxsus operatsiyalarni o‘tkazishdi. Natijada 34 qurollangan jangari o‘ldirildi, yana 15 nafari jarohat oldi", - deyilgan idora bayonotida.

Afg‘on kuch ishlatish xodimlari raqib tomonning to‘rtta mudofaa pozitsiyalari, qo‘lbola portlovchi qurilmalari va mina ishlab chiqarish bo‘yicha zavodini yo‘q qilgan. Afg‘oniston HHK shuningdek, jangarilar bo‘ylab sakkizta aviazarbalarni amalga oshirgan.

Agentlik xabariga ko‘ra, "Tolibon" harakati bu xabarlarga izoh bermayapti.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari va "Tolibon" radikal harakati o‘rtasida kurash ketmoqda. Toliblar, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning 50% hududini o‘z nazoratiga olgan. Shu bilan birga, Afg‘onistonda "Islom davlati" terrorchilik harakati ham o‘z ta’sirini kengaytirmoqda. Hozirda butun mamlakat bo‘ylab ekstremistlarga qarshi keng ko‘lamdagi operatsiyalar o‘tkazilmoqda.