Qirg‘iziston O‘zbekistonga kartoshka yetkazib berishni boshladi

Shu yil oktabr o‘rtalarida Qirg‘izistonga kartoshkani import qilish ruxsat berilgan 17 ta O‘zbekiston kompaniyalari ro‘yxati taqdim etildi.
Sputnik

TOShKENT, 2 noya – Sputnik. Qirg‘iziston Issiq-Ko‘l viloyatidan O‘zbekistonga 66 tonna kartoshka yetkazib berildi. Bu haqda Qirg‘iziston qishloq va suv xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi  matbuot xizmati xabar qildi.

Qirg‘iziston O‘zbekistonga kartoshka sotish imkoniyatini qidirmoqda

Shu yil oktabr o‘rtalarida Qirg‘izistonga kartoshkani import qilish ruxsat berilgan 17 ta O‘zbekiston kompaniyalari ro‘yxati taqdim etildi.

Bundan oldin yoz mavsumida O‘zbekiston Qirg‘izistondan kartoshka olib kirilishiga taqiq qo‘yilgandi. Biroq ushbu taqiq kuzda terib olingan mahsulotga amal qilmaydi.

O‘zbekiston qarori o‘zgarishi kuzda kartoshka taqchilligi bilan bog‘liq.

Sal oldin Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirligi respublika ichki bozorda kartoshka narxi keskin pasayib ketganligi sababli Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekistonga eksport qilish imkoniyatini qidirayotgandi.