O‘zbekistonda benzin narxi oshadi: keyingi yilda esa yangi eksperiment boshlanadi

2018 yil 16-noyabrdan iste’mol solig‘ini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlari belgilandi.
Sputnik

TOShKENT, 2 noya – Sputnik. Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich  o‘zgartirish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq 2018-yil 16-noyabrdan iste’mol solig‘ini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilg‘isi chakana narxlari:

- Ai-80 avtobenzinga – 4 000 so‘m/litr;

- Ai-91 avtobenzinga – 4 500 so‘m/litr;

- dizel yoqilg‘isiga – 4 800 so‘m/litr;

- EKO dizel yoqilg‘isiga – 4 900 so‘m/litr etib  belgilandi.

2019 yilning 1-yanvaridan boshlab Toshkent shahrining Yunusobod tumanida eksperiment tariqasida quyidagilar joriy etiladi:

O‘zbekistonda gaz, svet va benzin narxi oshiriladi

- aholi iste’moli uchun elektr energiyasi bazaviy normasi oyiga bir abonentga 300 kVt.soat;

- aholi iste’moli uchun tabiiy gazning bazaviy normasi:

- isitish mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylar va kvartiralarda yashaydigan bir abonentga oyiga 1000 kub.m;

- boshqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub.m.

Bunda aholi bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni amalga oshirganda:

- bazaviy norma  doirasida – belgilangan tarif bo‘yicha;

- bazaviy normadan ortgan qismi uchun – belgilangan tarifga 1,2 baravar oshirilgan koeffitsiyent qo‘llaniladi.