TOShKENT, 1 noya - Sputnik. O‘zbekistonda 2-4 noyabr kunlari kechalari havo muzlaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Shimolda va janubi-g‘arbda 5 gradus sovuq kuzatiladi, markaziy va sharqiy regionlarda - havo harorati 3 darajagacha pastlaydi, janubda - 2 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Samarqand, Jizzax viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida 2-noyabrga o‘tar kechasi yomg‘ir yog‘ishi va u qorga aylanishi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
O‘zbekistonda oktabr oyi boshlarida birinchi qor yog‘gan edi.