Prokuratura Qarshi tumanida 8 yoshli qizcha zo‘rlangani holatini rad etdi

Qarshi tumanidagi 60-o‘rta maktabning Xonobot qishlog‘ilik 2-sinf o‘quvchisi, 8 yashar qizaloq maktabdan aldab olib chiqib ketilib, zo‘rlangani haqida uning otasi ma’lum qilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 1 noya - Sputnik. Bosh prokuratura Qarshi tumanida 8 yoshli qizcha zo‘rlangani holatini rad etdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Qo‘qonda qizlar zo‘rlangan kollej xodimlari qamoqqa olindi

"Ushbu holat bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazildi. Ekspertiza qizchaga nisbatan hech qanday jinsiy zo‘ravonlik qo‘llanilmaganini ko‘rsatdi. Qizcha bilan psixologlar ishlashdi. Qizchaning ota-onasi bilan suhbat o‘tkazilib, ulardan tushuntirish xatlari olindi”, - deb ta’kidladi Bosh prokuratura vakili.

Bosh prokuratura xodimi so‘zlariga ko‘ra, ayrim fuqarolar yoki OAVlar yolg‘on va tekshirilmagan xabarlar tarqatishi natijasida bunday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.

Hozirgi vaqtda Qashqardaryo viloyati huquq tartibot organlari tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 4-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 60-o‘rta maktabning Xonobot qishlog‘ilik 2-sinf o‘quvchisi, 8 yashar qizaloq maktabdan katta tanaffus vaqtida aldab olib chiqib ketilib, zo‘rlangani haqida uning otasi ma’lum qilgan edi.