AQShda Xellouin bayramida 5 yoshli bola giyohvandli shirinliklardan zaharlandi

Politsiya bola shu kecha terib olgan barcha shirinliklarni ekspertizaga jo‘natdi.
Sputnik

TOShKENT, 1 noya - Sputnik. Ogayon shtatida besh yoshli Breylen Karuell Xellouin bayramida giyohvandli shirinliklardan zaharlanish oqibatida shifoxonaga tushdi. Bu haqda RIA Novosti WBNS-TV telekanaliga asosan xabar qildi.

Xellouin bayramida IIV xodimlari qabristonlarni patrul qiladi

Bola shirinliklarni yig‘ishib, uyga qaytganda o‘zini yomon his qila boshlaydi.

Bola otasi zudlik bilan uni shifoxonaga yuboradi. Analiz natijalariga ko‘ra bola siydigi tarkibida metamfetamin moddasi borligi aniqlandi.

Bolaning ota-otasi bu modda shirinliklar iste’mol qilish oqibatida tushgan degan taxmin qilishmoqda. Biroq Breylen hech narsa iste’mol qilmaganligini aytmoqda. Politsiya bola shu kecha terib olgan barcha shirinliklarni ekspertizaga jo‘natdi.  

Telekanal aniqlik kiritishicha, bola ota-onasi oldin narkoman bo‘lishgan, biroq ularning so‘zlariga ko‘ra bir necha yil davomida taqiqlangan moddalarni iste’mol qilishmaydi. Bola shifoxonada 7 soat vaqt o‘tkazib, shundan so‘ng u uyga jo‘natildi.

Xelloun – G‘arb mamlakatlarida har yili 31-oktabr kunida nishonlash an’anaga aylangan.

Bu kunda odamlar qo‘rqinchli kostumlar kiyib, an’anaviy Xellouin o‘yinlari o‘ynashadi. Bolalar esa uyma-uy yurib shirinliklar yig‘ishadi.