Arxangelskda 17 yoshli o‘smir FSB binosiga hujum qildi

Arxangelskda 17 yoshli terrorchi FSB binosi ichida portlash uyushtirdi.
Sputnik

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Bugun ertalab soat 08:52da Arxangelsk viloyati FSB boshqarmasida  17 yoshli o‘smir o‘zi bilan olib kelgan qo‘lbola portlovchi moslamani portlatib yubordi.

Portlash oqibatida uning o‘zi qurbon bo‘ldi, 3 nafar FSB xodimi jarohat oldi, RIA Novosti xabariga asosan.

Xabarovskda FSB binosiga uyushtirilgan hujumda ikki kishi halok bo‘ldi

Rossiya Tergov qo‘mitasi ushbu ish yuzasidan JKning “terakt”, “Noqonuniy qurol-yarog‘ saqlash”  bandlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ushbu voqea haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xabar qilingan.

Terrorchi mahalliy fuqaro bo‘lganligi aniqlangan. Ayni damda uning biror ekstremistik tashkilotga a’zo bo‘lgan-bo‘lmaganligi aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning fevral oyida Xabarovsk shahridagi Federal Xavfsizlik xizmati binosiga ham hujum uyushtirilgan edi. Ushanda terrorchi hujumi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘lgan edi.