Tadbirkorlar uchun mikrokredit miqdori oshirildi

Mikrokreditlar tadbirkorlikni boshlash, rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnologik jihozlash, shuningdek aylanma mablag‘larni to‘ldirishga beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Hukumat qarori bilan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Sberbank va Vneshekonombank O‘zbekistonga past foizli kredit liniyalari ochadi

Endilikda mikrokreditlar tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish), shu jumladan ishlab chiqarishni texnologik jihozlash va modernizatsiya qilish uchun zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalar sotib olishga, shuningdek aylanma mablag‘larni to‘ldirishga beriladi. 

Mikrokreditlar tadbirkorlikni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga (shu jumladan, mikrofirmalar, kichik korxonalarga), dehqon va fermer xo‘jaliklariga 24 oygacha muddat bilan eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi.

Ilgari bu miqdor 500 baravarni tashkil etgan.