Oqqo‘rg‘on voqeasida aybdor bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi – Bosh prokuratura

Bosh Prokuratura Oqqo‘rg‘on tumanida bir necha rahbarni tizzasigacha suvga tushirib jazolagan rahbarlarni javobgarlikka tortishga va’da berdi.
Sputnik

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Bosh prokuratura Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan holatni tekshirmoqda, deb xabar qildi “Xalq so‘zi” nashri.  

Bosh Prokuratura Oqqo‘rg‘on tumanida bir necha rahbarni tizzasigacha suvga tushirib jazolagan rahbarlarni javobgarlikka tortishga va’da berdi.

“Qat’iy aytishimiz mumkinki, bunday holatning yuzaga kelishida aybdor bo‘lgan shaxslar, mansabi va darajasidan qat’iy nazar, tegishlicha javobgarlikka tortilishi ta’minlanadi“, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 27-oktabr kuni Facebookdagi  “Xalq bilan muloqot” guruhida 

"Ariqdagi oltovlon" kimligi aniqlandi
bir necha kishini ariq ichida tizzasigacha suvga botib turgan holda tasvirlangan fotosuratlar tarqalgan edi. Ushbu fotosuratda tasvirldangan holat borasida jamoatchilik keskin munosabat bildirgan edi.

Foydalanuvchilar, birinchi navbatda ana shunday “axmoqchilikka” yo‘l qo‘ygan rahbarga nisbatan, ikkinchidan esa “tog‘ni ursa talqon qiladigan” yigitlarning g‘ururi yo‘qligini tanqid qilishgan edi.  

Shundan so‘ng Mehnat vazirligi ham o‘z rasmiy sahifasida ushbu ishning tafsilotlarini surishtirib, xabar joylashtirgan edi.