O‘zbekiston-Rossiya yoshlar festivali o‘tkaziladi

Festival ishtirokchilari 30-oktabr kuni Samarqandda bo‘lib, tarixiy-madaniy yodgorliklar, shaharning diqqatiga sazovor maskanlari bilan tanishadi.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Joriy yilning 27-31 oktabr kunlari mamlakatimizda O‘zbekiston-Rossiya yoshlar festivali o‘tkaziladi, deb xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Mariya Zaxarova Toshkentda: o‘zbekona lutf, ochiq javoblar va diplomat bo‘lish siri haqida

Mazkur festival ishtirokchilari 30-oktabr kuni Samarqandda bo‘lib, tarixiy-madaniy yodgorliklar, shaharning diqqatiga sazovor maskanlari bilan tanishadi.

Registon majmuasidagi Mirzo Ulug‘bek madrasasida yurtimiz hamda rossiyalik yoshlar ishtirokida "O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida sayyohlik oqimini kengaytirishda yoshlarning o‘rni" mavzuyida amaliy konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan.