Turkiya O‘zbekistonga oltin qazib olishda yordam beradi

Loyihaning birinchi bosqichining ijobiy natijalaridan so‘ng tomonlar oltin zaxiralarini rivojlantirishda hamkorlik qilishning shakl va shartlari to‘g‘risida kelishadilar
Sputnik

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Turkiya kompaniyasi Samarqanddagi oltin konlarini o‘zlashtirishda yordam beradi, deb xabar qildi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi matbuot-xizmati.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari yana kamaydi

Xabarda aytilishicha, viloyatdagi G‘allabuloq va Qushtepada oltinga oid obyektlarni o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida Davlat geologiya qo‘mitasi va Turkiyaning "Taşyapı İnşaat Taahhüt Sanayi ve Ticaret AŞ" kompaniyasi o‘rtasida geologiya-qidiruv ishlarini hamkorlikda olib borishga doir memorandum imzolangan.

Tasdiqlangan tartibga ko‘ra, ilgari tomonlar o‘rtasida memorandum va qayd etilgan obyektlar uchun oshkor qilmaslik to‘g‘risida kelishuv imzolangan va loyihada ishtirok etish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun geologik materiallar Turkiya tomoniga belgilangan tartibda berilgan.

Materiallarni o‘rganish doirasida turk va nemis ekspert–geologlari tomonidan joylarga chiqilgan, namunalar olingan hamda Turkiya va Kanadadagi xalqaro laboratoriyalarda tahlil qilgan holda obyektni o‘rganish tashkil etilgan. O‘rganish yakunlari bo‘yicha Turkiyaning nomi yuqorida tilga olingan kompaniyasi tomonidan loyihada ishtirok etishga qiziqish bildirilgan. 

2018 yil 25-oktabrda loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi, unga binoan, birinchi bosqichda "Taşyapı İnşaat Taahhüt Sanayi ve Ticaret AŞ" kompaniyasi keyingi yillarda quyidagi ishlarni amalga oshiradi: mavjud resurs bazasi to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirish va tarixiy geologik qidiruv ma’lumotlari, shu jumladan xalqaro standartlardan foydalanishni tasdiqlash uchun obyektlarda tekshiruv punktlarini ochish; texnologik jarayonlarni ishlab chiqish uchun metallurgik sinovlarini o‘tkazish; oltin zaxiralarini rivojlantirish uchun PTEO (taxminiy texnik-iqtisodiy asoslar) loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekistonda 22ta oltin konlari o‘zlashtiriladi

Loyihaning birinchi bosqichining ijobiy natijalaridan so‘ng tomonlar oltin zaxiralarini rivojlantirishda hamkorlik qilishning shakl va shartlari to‘g‘risida kelishadilar.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi 2017-yil may oyida strategik jihatdan muhim bo‘lgan qattiq foydali qazilmalarning 111ta istiqbolli maydonlari va 29ta koni ro‘yxati nitasdiqlagan edi va bugungi kunda ularni geologik o‘rganish va o‘zlashtirish uchun chet el investitsiyalari jalb qilinmoqda.