Lavrov AQShning O‘QMRdan chiqish qaroriga izoh berdi

So‘nggi yillarda Moskva va Vashington tez-tez bir-birini O‘QMR shartlarini buzganlikda ayblashmoqda. Rossiya ko‘p marotaba kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlariga to‘liq amal qilayotganini bayon etgan.
Sputnik

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. AQShning o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha kelishuvdan chiqish qarori va bu qarorning ijro etilayotgani Moskva tomonidan "obyektiv fakt" deb baholanadi, deya bayonot qildi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov. RIA Novosti xabariga asosan.

Putin AQSh gerbi haqida ajoyib hazil qildi

"Aytishlaricha, bunda ko‘proq (AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi - tahr.) Jon Bolton hal qiluvchi rol o‘ynagan. U AQSh prezidenti Donald Trampni ushbu kelishuvdan chiqish haqida e’lon qilishga ko‘ndirgan. Vashington "oshxonasi" qanaqaligidan xabarim yo‘q. O‘ylashimcha, bu masala AQSh Davlat departamenti rahbari Mayk Pompeo hamda Pentagon rahbari Jeyms Mettislarning qizg‘in bahslarisiz kechmagan. Bu ayon. Qaror qabul qilinib, ijro etilayotgani biz uchun obyektiv fakt", - degan Lavrov "Rossiya-1" telekanalida "Moskva. Kreml. Putin" dasturida bergan intervyusida.

U shuningdek, Boltonning Moskvaga tashrifi davomida "Kremlda o‘tkazilgan uchrashuvda bu holat hissiyotsiz, kim birinchi boshlaganiga chuqurlashmagan holda muhokama qilingani"ni aytdi.

"Ular katta odamlar-ku, shunday ekan, bu singari vaziyat yuzaga kelganda, biz o‘z fikrimizga, ular ham o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lishlarini yaxshi tushunishadi. Ularga ko‘ra, sabablardan biri - biz tomondan O‘QMR bajarilmayotganida", - deb qo‘shimcha qilgan Lavrov.

Senator: Rossiya NATO mudofaa tizimi ham o‘qqa tutolmaydigan yangi raketalarni yaratmoqda

Bolton Moskvaga tinchlik ramzi sifatida "zaytun" va "zaytun shoxlarini" olib kelmagani haqidagi fikrga Lavrov: "Biz umuman olganda sho‘r bodringni xush ko‘ramiz", - deya javob qaytargan.

Ilgariroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Moskva O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar bo‘yicha kelishuvni buzar ekan, Qo‘shma Shtatlarning unga amal qilish niyati yo‘qligini va kelishuvdan chiqishini ma’lum  qilgan edi. Tramp shuningdek, Amerika o‘z yadro salohiyatini to "boshqalar o‘ziga kelib olmaguncha" oshirib borishi va shundan so‘ng, Vashington bu jarayonni to‘xtatishi va hatto qurollanishni qisqartirishga kirishishi haqida bayonot qilgan edi.

Tramp ushbu xabar avvalo Xitoy va Rossiyaga qaratilganini aytgan.

Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Moskva AQShdan bu borada to‘liqroq tushuntirish olishni istashini aytgan va O‘QMR nizomlarini buzish Rossiyani o‘z xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rishga majbur etishini qo‘shimcha qilgan.

Lavrov ta’kidiga ko‘ra, bu sohadagi har qanday harakat qarshi javobga duch kelishi aniq.

AQSh Davlat departamenti Qatarga 5 ming dona lazerli raketalarni sotish qarorini ma’qulladi

So‘nggi yillarda Moskva va Vashington tez-tez bir-birini O‘QMR shartlarini buzganlikda ayblashmoqda. Rossiya kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlariga to‘liq amal qilayotganini ko‘p marotaba bayon etgan.

Lavrov amerikaliklarning o‘zlari bu kelishuvga amal qilishayotgani borasida Moskvaning AQShga o‘ta jiddiy savollari borligini qayd etgan.

Xususan, Moskva bayonotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar quruqlikda - Ruminiyadagi harbiy bazada, shuningdek, Polshada shunday qurilmalarni joylamoqda-ki, ular shartnomada ta’qiqlangan "Tomagavk" tipidagi zarba beruvchi qanotli raketalarni uchirishga mo‘ljallangan. Rossiya tomon shuningdek, AQSh zarba beruvchi uchuvchisiz uchar qurilmalarni ishlab chiqayotgani, quruqlikda joylashtiriladigan qanotli raketalarni yaratish bo‘yicha tadqiqotlarni moliyalashtirayotganiga e’tibor qaratgan.