TOShKENT, 26 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tadbirkorlarning istiqbolli rejalari bilan tanishmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zbekiston prezidentiga Toshkent shahrining 2018-2019 yillardagi investitsiya salohiyatiga oid ma’lumotlar taqdim etildi.
Unga ko‘ra, shu ikki yilda Toshkentda 417 ta loyiha amalga oshirilishi, buning natijasida 25 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan. Jumladan, Yunusobod tumanida 2019-yilda 38 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining iqtisodiy imkoniyatlari kengligi, poytaxt barcha sohalarda namuna bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini yanada oshirish, yangi korxonalar tashkil etish va soliq tushumini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.