Prezident qurilayotgan metro stansiyalari bo‘yicha topshiriqlar berdi

Hozirgi kunda bu yerda Turkiston va Yunusobod stansiyalari hamda ular oralig‘ida tunnelni qurish ishlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Yunusobod tumanida metropoliten qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Toshkent hamma sohalarda namuna bo‘lishi kerak - Shavkat Mirziyoyev

Hozirgi kunda Turkiston va Yunusobod stansiyalari hamda ular oralig‘ida tunnelni qurish ishlari olib borilmoqda. 

Ushbu tunnelni yopiq usulda qazish uchun Germaniyadan “Xerrenktnext” kompaniyasining mexanizatsiyalashgan majmuasi keltirilgan.

Bu ulkan texnika may-sentabr oylari davomida yig‘ilgan. Soha mutaxassislari Germaniyada malaka oshirib keldi. Ko‘prik qurilish tresti tomonidan tunnel devorlarini mustahkamlovchi tubinglar ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi.  

Hozirgi kunda tunnel qazish ishlari boshlab yuborilgan. 

Prezident ushbu texnik majmuani ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilarga metro stansiyalarining tashqi ko‘rinishi va infratuzilmasi bo‘yicha tavsiyalar berdi. 

Transport kommunikatsiyalarini qurishda shaharning kelgusi rivojini hisobga olish, hamma uchun qulay bo‘lishini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.