O‘zbek go‘zallari MDHni zabt etmoqda: Yerevanda go‘zallik tanlovi boshlandi

Tanlov 25-oktabrda Yerevanda boshlanadi, unda 16 mamlakatdan 30 nafar sohibjamollar ishtirok etishmoqda
Sputnik

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Bugun Yerevanda "Top model MDH-2018" go‘zallik tanloviga start berildi.

“Zamin go‘zali” tanlovida Livan ishtirokchisi unvondan mahrum etildi

Joriy yilda sobiq ittifoqning 16 mamlakatidan 30 nafar qizlar ishtirok etishmoqda. O‘zbekistondan ushbu tanlovda Nigina Faxriddinova, Parizoda Quvondiqova va Indira Aliyevalar qatnashmoqda.

"Tanlov maqsadi - MDH mamlakatlarini moda va kinoindustriya olamida oliy darajada munosib taqdim eta oladigan qizlarni aniqlash. Tanlov g‘olibasiga dunyoga mashhur moda uylari va produserlik markazlaridan taklifnomalar keladi", — deb xabar qilmoqda tashkilotchilar.

Tanlov yakuni 4-noyabr kuni Armanistondagi Karen Demirchan nomidagi sport-konsert majmuasida o‘tkaziladi.

G‘olib reklama agentliklari, modalar uylari va produserlik markazlaridan taklifnomalar bilan birga pul mukofotini qo‘lga kiritadi.